Danni: "Rossiyani tark etaman, ammo "Zenit"ga muxlislik qilishda davom etaman"

Aslanov Jasurbek
28 may 2015, 16:41
Yozda "Zenit"ni tark etishini ma'lum qilgan Migel Danni mahsus matbuot-anjumani o'tkazdi.

"Men matbuot-anjumani uyushtirganimning sababi kelajagim haqida aytmoqchiman. Bilganingizdek, shartnomam yakunlanyapti. Afsuski, biz kelisha olmadik. "Lokomotiv"ga qarshi o'yin men uchun so'nggisi bo'ladi.

Jamoada o'tgan etti yil uchun klub va futbolchilardan minnatdorman. Rossiyani tark etaman, ammo "Zenit"ga muxlislik qilishda davom etaman. Barchaga katta rahmat!" - deydi Danni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com