Daniel Alves: "Real"ni yutamiz deb vada bera olmayman, lekin kurashamiz"

Aziz Tukhtamuradov
22 okt 2014, 21:00
"Barselona" futbolchisi Daniel Alves "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Umid qilamanki, yaxshi o'yin ko'rsatamiz. Chempionlar Ligasi o'yinida g'alaba qozondik va "klasiko"ga yaxshi formada yetib boramiz.

"Real"ni yutamiz deb vada bera olmayman. Lekin, kurashamiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.

Barchasi maydonda xal bo'ladi", - deydi Alves.

Eslatib o'tamiz, Real – Barselona o'yini shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da bo'lib o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru