Dani Alvesh: "Neymarning Parijda qolishi uchun Eyfel minorasidan bahslashaman"

Alisher
24 may 2019, 12:11
PSJ himoyachisi braziliyalik Dani Alvesh jamoadoshi Neymarning parijliklar safida qolishiga ishonchi komil.

"Men Neymarning PSJda qolishi uchun kechki ovqat orqali bahslashamanmi? Menimcha bu etarli emas. Undan ko'ra Eyfel minorasiga bahslashaman. Men Neymar PSJda qoladi deb o'ylayman. U hali bu yerda o'z ishini qilib bo'lgani yo'q.

Siz hayotda maqsadlariningizni belgilab olgan holda, ularni bajarishingiz kerak. Undan keyin esa xohlaganlaringizni", - deydi Alvesh.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yilda 222 million evro evaziga Parij klubiga ko'chib o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN