Dani Alves: "Kelajakda APLda o'ynamoqchiman"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2017
PSJ himoyachisi Dani Alves nega "Manchester Siti" emas, Parij klubiga o'tgani haqida gapirib berdi.

"PSJga o'tishim bir necha sabab tufayli amalga oshdi. Bu jamoada do'stlarim ko'p, sevgan qizim esa Parijda yashaydi va bu shaharni yaxshi ko'radi. Buning ustiga klub yiriklashib bormoqda. "Manchester Siti"ga Xosep Gvardiola tufayli o'tmoqchi edim. Avvaliga boshqa variantlarni o'ylamayotgandim. Biroq bir marta "Yuventus"ga o'tib, shoshilib qaror qabul qilgandim va bu mening yaqinlarimga salbiy ta’sir qilgan.

Barselonadagi bolalarimni ko'rish uchun Turindan reys topish qiyin bo'lgan. Sevgan qizim esa ish topishga qiynaldi, chunki Turinda variantlar ko'p emas. Shu sababli Manchester o'rniga Parijni tanladim, biroq Gvardioladan hayratlanishimni yashirmayman va kelajakda Angliya chempionatida o'ynamoqchiman" - deydi Alves.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo