Dani Alves "Barselona"ga qaytishni istamoqda

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2021, 08:57
"Barselona" sobiq futbolchisi Dani Alves kataloniyaliklar safiga qaytib, faoliyatini o'sha yerda tugatmoqchi.

38 yoshli braziliyalik futbolchining klub bilan muzokaralari boshlangan. Tomonlar yaqin orada bu borada uchrashuv o'tkazishadi. 

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi va prezident Joan Laporta Alvesning tajribasiga ishongan holda, uni klubga qaytarishmoqchi. 

Himoyachining so'nggi klubi "San-Paulu" bo'lgandi. U qarzlar sabab sentyabr oyida klubdan ketgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira