Damir Temirov: "Bu yil ikki hissa kuch bilan o'ynashim kerak. Boshqa yo'li qolmagan"

Mirjalol Normatov
8 fev 2022, 12:00
Luisma Ernandes boshchilik qilayotgan "Metallurg" yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Antalyada olib boryapti.

Jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri Damir Temirov bu yerdagi ilk kungi mashg'ulotlar borasida xulosalarini bildirdi.

"Qishda jamoani ko'p futbolchilar tark etdi. Hozirda yangi jamoa sifatida shakllanmoqdamiz.  O'ylaymanki, mavsum davomidagi natijalarimiz bilan muxlislarni uyaltirib qo'ymaymiz. Bilsangiz tayyorgarlikni ertaroq boshladik. Turkiya yig'ini jismoniy tomondan formaga kirib olish imkonini beradi. Har doim maksimal ko'rsatkich qayd etishga harakat qilaman. Endilikda ikki hissa kuch bilan o'ynashim kerak. Boshqa yo'li ham qolmagan",- deydi Damir Temirov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia