Daily Mail: "Manchester Siti" "Tottenxem" bilan Uokerning transferi borasida kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2017, 19:09
"Tottenxem" himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.

"Daily Mail"ning ma'lum qilishicha, klublar futbolchining transferini 45 million funt sterlingga kelishishgan. Bundan tashqari, qo'shimcha bonuslar 5 million funtni tashkil etishi mumkin.

Uoker uzoq vaqt "Siti"ning nishoni bo'lib keldi, lekin "shaharliklar" u uchun 40 mln berishmoqchi bo'lishgan edi. Klub Dani Alves bilan deyarli kelishib qo'ygan joyida braziliyalik PSJga o'tib ketgach, "Manchester Siti" Uoker variantiga qaytdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail