Daily Mail: Liverpul va Tottenxem yanvarda Jekson Martines uchun kurash olib bormoqchilar

Aziz Tukhtamuradov
8 dek 2014, 11:48
Portu futbolchisi Jekson Martinesning oldida bir qancha jamoalardan takliflar bor.
Daily Mail nashrining xabar qilishicha, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini Liverpul va Tottenxem jamoalari o'z safiga qo'shib olish harakatidalar.

Avvalroq, futbolchiga "Milan" tomonidan ham qiziqish borligi xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Portugaliya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru