Dahshat! Ukrainada katak ko'rinishidagi sektor paydo bo'ldi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 11:12
Ukrainaning Birinchi ligasida ishtirok etadigan Kirovograd viloyatining "Ingulec" klubi o'z stadionidagi mehmonlar sektorini yangiladi va endi u katak ko'rinishida.

"Ukraina professional ligasi uchrashuvlari vaqtida xavfsizlikni taminlash klubimizning asosiy vazifasi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, o'yin vaqtida stadionda xavfsizlik xizmati xodimlari cheklangan. Katta mas'uliyat styuard va stadion xavfsizlik xizmati xodimlariga tushadi.

Stadionimizga mamlakatning turli burchaklaridan keladigan muxlislar uchun xursandmiz. Ular Ingulcdagi stadionning "Sektor 1"ga joylashtiriladi. "Sektor 9" esa o'yin va undan oldin tartibni saqlamagan ishqibozlar uchun variant sifatida ko'rib chiqilmoqda.

Ha, "Sektor 9" estetikaga biroz to'g'ri kelmaydi. Bu borada tanqidni tushunamiz va qabul qilamiz. Qisqa vaqt ichida ushbu tribuna tashqi ko'rinishini o'zgartirishga harakat qilamiz" - deyiladi klub rasmiy sayti bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com