

"FIFA sayti ma'lumotiga ko'ra, SSKA klubiga 2024 yilning 14 noyabridan transferlar taqiqi qo'yildi. FIFA Reglamentiga qaraydigan bo'lsak, bu futbolchining jamoa tarkibiga qo'shib olinishi va yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishini taqiqlaydi va jamoa futbolchilarining SSKA PFKdan kyetib, boshqa jamoaga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi. Boshqacha so'z bilan aytganda, futbolchilarning va Abbosbek Fayzullaevning SSKAdan ketishiga hech qanday to'siq yo'q. Faqatgina ikki klub kelisha olishi va bunga futbolchi rozi bo'lsa kifoya.
Lekin SSKAning bunday yo'l tutishi juda qiyin, chunki klub ketadigan futbolchining o'rnini to'ldira olmaydi va yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
SSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydoning ma'lumotiga ko'ra, klubning "Xerenven" bilan qarzdorligi bo'yicha bahs ketgan. Qarzni esa uch tomonlama shartnomaga ko'ra, SSKAdan Nikola Vlashichni sotib olgan "Vest Xem" to'lashi kerak bo'lgan.
Tabiiyki, FIFA qaroriga ko'ra "Xerenven"ga to'lab berilgan taqdirda SSKAdan ushbu taqiq olib tashlanadi. Buning uchun "Vest Xem" klubi SSKA oldidagi qarzini bartaraf qilishi kerak bo'ladi", - dedi "Sila Lawyers" huquqshunosi Sergey Lisenko.



