SSKA yana bir transferni amalga oshirdi. U Abbosbek Fayzullaevga raqobatchi bo'ladi

Khoja
10 iyul 2024, 08:49
SSKA matbuot xizmati yana bir futbolchi bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi.

 O'tgan mavsum Lokomotiv safida harakat qilgan Rifat Jemaletdinov endilikda Moskvaning boshqa bir jamoasida harakat qiladi.

Maydondagi harakati bo'yicha Abbosbek Fayzullaevga raqobatchi bo'lishi kutilayotgan futbolchi bilan SSKA ikki yillik shartnoma tuzdi.

Ma'lumot uchun, Rifat o'tgan mavsum RPLda 20 ta uchrashuvda maydonda tushgan. Uning hisobida 5 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/pfccskamoscow