

Murabbiy mish-mishlar fonida Fayzullaev "armiya" klubida o'ynash haqida ko'proq o'ylashi kerakligini aytdi. Avvalroq OAVda "Bavariya" skautlari SSKA va O'zbekiston terma jamoasining 20 yoshli futbolchisini kuzatayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
"Bavariya" ajoyib. Lekin men SSKA haqida gapirmoqchiman. U bu yerda o'zini ko'rsatishi va jamoaga yordam berishi kerak",- deydi Fedotov.



