SSKA - "Fakel" o'yinidan so'ng jurnalist Fayzullaevdan klub uni O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qo'yib yubormayotgani haqida so'radi

Alisher
8 apr 2024, 01:05
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev RPL 23-tur doirasidagi "Fakel"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Chamasi bir hafta oldin O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sizni chaqirmoqchi bo'lganlari, ammo SSKA qo'yib yubormaganini aytdi. Bu haqda eshitdingizmi? Hozir terma jamoa bilan birga bo'lishingiz mumkinmidi?

- Muzokaralar ketayotganini eshitdim. Ammo, men doim o'z yurtimga yordam berishga tayyorman. Agar qo'yib yuborishsa, u yerda o'ynashni xohlardim, - dedi "armiyachilar" xavbeki.


Fayzullaev "Fakel"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Xavbek ushbu o'yinda to'p kiritdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia