Copa America-2020. Yangi formatdagi musobaqaga qur'a tashlandi, Argentina, Chili va Urugvay bir guruhda

Eldor Akmurzayev
10 apr 2019, 00:01
Argentina va Kolumbiya yashil maydonlarida 2020-yilda bo'lib o'tadigan yangi formatdagi Amerika Kubogi (Copa America) musobaqasiga qur'a tashlandi.

Yangi formatga ko'ra, 12ta terma jamoa ikki guruhga teng taqsimlanadi. Demak, guruhlar bilan tanishing:

Shimoliy mintaqa – Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Venesuela va musobaqaga taklif qilingan terma jamoa;

Janubiy mintaqa –  Argentina, Boliviya, Chili, Paragvay, Urugvay va musobaqaga taklif qilingan terma jamoa.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar yarim finalga yo'l oladi. Shu tariqa, musobaqadagi o'yinlar soni 26tadan 36taga ko'payadi. Har bir ishtirokchi kamida beshta uchrashuv o'tkazadi. 


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: conmebol.com