Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" chetlatilish bo'yicha chempionlikka da'vogarlik qilmoqda

Оқил Абдубарноев
10 iyul 2023, 22:45
Bor-yo'g'i ikki jamoa barcha o'yinni to'liq o'tkazgan.

Reytingni keltirishdan avval, shuni takidlash joizki, qizil kartochkalar soni futbolchilar bilan birgalikda murabbiylarga ko'rsatilgan holatlarda ham qayd etilgan. Shuningdek, bir futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatilgan taqdirda ham chetlatishlar soniga qo'shilgan.

Davralar oralig'idagi sarhisobga ko'ra, "Qizilqum" futbolchilari naq 7 marotaba chetlatilgan. Hatto "So'g'diyona"ga qarshi bahsda navoiyliklar ikki kishi kam bo'lib qolgan. Shu bilan birga, "konchilar" futbolchisi chetlatilgan barcha uchrashuvda yutqazgan.

Shuningdek, "Metallurg"da 5 ta chetlatish mavjud bo'lsa, "Andijon" hisobida qo'rqinchi kartochkalar soni 4 tani tashkil etadi.

Davra davomida barcha o'yinni to'liq o'tkazgan jamoalar soni esa ikkita - "Bunyodkor" va "So'g'diyona".

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia