Coca Cola Superligasi. 4-turning eng yaxshilari

Sherzod Nurmatov
4 apr 2023, 16:31
Kecha Coca Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakuniga etdi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Bunyodkor" kiperi Suhrob Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

U ajoyib o'yini orqali jamoasi "Turon" bilan bahsda kamida 1 ochko ishlashini taminladi.


"Paxtakor" a'zosi Dragan Cheran Championat.asia talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi.

Superligada intriga kuchayishi, raqobat o'sishi, Cheranning yoshi kattarishi mumkin, lekin uning ko'rsatkichlari bu ligada hech o'zgarmaydi va futbolchi hali ham jamoasi foydasiga hal qiluvchi farqni amalga oshirmoqda.

"Metallurg"ga qarshi o'yindagi xet-trik bilan Cheran nafaqat turning eng yaxshi futbolchisi nomini, balki musobaqa to'purari yetakchiligini ham qaytarib oldi.


"Qizilqum" futbolchisi Islom Kenjaboev "Nasaf" darvozasiga kiritgan to'p Championat.asia talqiniga ko'ra 4-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  

Kenjaboev raqib himoyachilarini esankiratib qo'yib, ajoyib reyd uyushtirgan holda chiroyli gol urdi. U munosib ravishda saytimiz ekspertlari tomonidan eng yaxshi deya tan olindi.



"Turon" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Championat.asia talqinida 4-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Gap shundaki, "Turon" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov garchi ligada joriy mavsum hali g'alabaga erishmagan bo'lsa-da, liga peshqadamlaridan biri bo'lgan va hali umuman ochko yo'qotmagan "Bunyodkor"ni Toshkentda o'yin taraflama ancha sarosimaga tushirdi. O'yinda asosan birinchi raqamda ustunlik bilan o'ynagan "Turon" haqli ravishda Bunyodkordan ochko tortib oldi va bu borada Superligadagi ilk jamoaga aylandi.

Ashurmatov shu kuni o'zi uchun hal qiluvchi bahsni juda yaxshi o'tkazib, jamoasini o'yinga munosib tayyorlaganini amalda ko'rsatdi va saytimiz ekspertlari tomonidan eng yaxshi murabbiy deya etirof qilindi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia