Coca Cola Superliga. Termizda autsayderlar bahsi, Olmaliqda esa peshqadamlar to'qnashuvi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2020, 07:30
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

SURXON – ANDIJON
1 noyabr 2020 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 15:00
Hakamlar:
Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Bu ikki jamoa hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 27 marta to'qnash kelgan. Natijalar vodiy klubining ustunligini ko'rsatmoqda. "Andijon" 15 marta, "Surxon" 7 marta g'alaba qozongan, qolgan beshta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Andijon" Termizda so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda g'alabaga erishgan. Shundan keyin Termizdagi ikki bahsda vodiy klubi 3 ochkoni qo'lga kirita olmagan.

Birinchi davrada Andijonda o'tgan bahsda "Surxon" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.





AGMK – PAXTAKOR
1 noyabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 17:00
Hakamlar
: Akobirxo'ja Shukurullaev, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Bu jamoalar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida 25 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 18 bellashuvda "Paxtakor" g'alaba qozongan. 3 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, 4 marta AGMK zafar quchgan. Olmaliqda kechgan 12 o'yinning 9tasida "Paxtakor" ustun kelgan. AGMK esa o'z maydonida 3ta uchrashuvda yutuqqa erishgan.

Olmaliqda o'tgan oxirgi ikki uchrashuvda AGMK bu raqib darvozasiga gol ura olmagan va "Paxtakor" ikki bor g'alabaga erishgan.

Birinchi davrada "Paxtakor" maydonida o'tgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia