Coca Cola Superliga. Cheranning xet-trikki “Paxtakor”ga mavsumdagi ikkinchi g'alabani taqdim etdi

Mirjalol Normatov
2 apr 2023, 18:50
Coca Cola Superliganing 4-turi doirasidagi "Metallurg" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi.

"Metallurg" - "Paxtakor" 1:3

Gol: 41 - Dragan Cheran, 69 - Dragan Cheran (Sardor Sobirxo'jaev), 80- Dragan Cheran, 85 - Husniddin G'ofurov

2 aprel. Bekobod. "Markaziy" stadioni. 17:00

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Nayim Qosimov 

VAR hakami: Ahrol Risqullaev 

AVAR: Andrey Sapenko 

Nazoratchi: Dmitriy Roman 

Komissar: Shohruh Said

"Metallurg": 87. Akmal Ortiqov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabixillo O'rinboev (Husniddin G'ofurov, 81), 10. Bektemir Abdumannonov, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 17. Vladislav Kasminin, 21. Abdujalil Manazarov, 22. Shahzodbek G'ofurbekov (Izzatillo Po'latov, 90+2), 25. Shahzod Nematjonov, 97. Muhammadali Aliqulov (Ivan Yosovich, 84).
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Ergash Ismoilov, Behruz Shodmonov, Mirkomil Abdurazzoqov, Diyorbek Toirov, Filip Stamenkovich, .

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov (Dilshod Saidov,78 ), 4. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Azizbek Turg'unboev, 10. Dragan Cheran ( Rustam Turdimurodov,87), 14. Abbosbek Fayzullaev, 15. Giorgi Papava (Behruzbek Asqarov, 84), 17. Dostonbek Hamdamov (Po'latxo'ja Xoldorxonov, 87), 27. Sardor Sobirxo'jaev (Diyor Xolmatov,87), 88. Shahzod Azmiddinov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Sardor Rashidov, Abubakir Ashurov, Shahzodbek Rahmatullaev.
Ogohlantirish: 28 - Maksim Shackix , 51 - Abrorbek Toshqo'ziev 68 - Giorgi Papava 


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+2. O'zgarish: Po'latov G'ofurbekovni alishtirdi

90. G'ofurovning zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

87. O'zgarish: Cheran va Sobirxo'jaev maydoni tark etdi, ularning o'rniga Turdimurodov va Xolmatov maydonga tushdi

85. GOOOOOOOOOOL. Husniddin G'ofurov hisobni bittaga qisqartirdi

84. O'zgarish: Papava va Xamdamov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Asqarov va Xoldoroxonov maydonga tushdi.

84. O'zgarish: Yosovich Aliqulovni alishtirdi

81. O'zgarish: O'rinboevning o'rniga G'ofurov maydonga tushdi

80. GOOOOOOOOOOOL. Cheran xet-trik qayd etmoqda

78. O'zgarish: Alijonovning o'rniga Dilshod Saidov maydonga tushdi

77. Hakam yana penalti qo'ymoqda. Yana bekobodliklarning zarariga

71. Bektemir Abdumannonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi

69. GOOOOOOOOOOOL. Cheran hisobni oshirdi, uzatmani Sardor Sobirxo'jaev amalga oshirdi

68. Ogohlantirish: Papava ogohlantirildi

66. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Abdumannonovning uzatmasiga bir yo'lla ikki nafar futbolchi yetib kela olmadi va Quvvatov hujumni bartaraf etdi

59. Uchrashuv ancha sokin kechmoqda. Balki jamoalar ro'za tutgani sababli tezkor futbol ko'rsata olishmayapti

51. Ogohlantirish: Toshqo'ziev Alijonovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

41. GOOOOOOOOOOOOL. Dragan Cheran hisobni ochdi

39. PENALTI. Hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Hozir VAR ko'rinishi aniq

36. Dragan Cheran gol urdi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi

28. Ogohlantirish: Hakam bilan tortishgani uchun mehmonlar murabbiyi Maksim Shackix  ogohlantirildi

27. Muhammadqodir Hamralievning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

21. Turg'unboevdan ajoyib uzatma, biroq Fayzullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasi ancha noaniq

18. Uchrashuvdagi ilk yaxshi vaziyat. Shahzodbek G'ofurbekovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

15. Nematjonov Abdumannonovga yana bir bor yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq yana omadsiz  

10. Nematjonov Abdumannonov birga bir chiqishi mumkin edi, biroq raqib himoyasi yaxshi harakat qildi

7. Papava hujumda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

4. ZARBA! Hamdamov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, mo'jalni aniq olishga harakat qildi, ammo Ortiqov to'pni qaytardi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia