Coca Cola Superliga. Bugun "Buxoro" - AGMK va "Metallurg" - "Mashal" o'yinlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2020, 10:58
Bugun Superligada birinchi davra o'z yakuniga etadi.

BUXORO – AGMK
29 avgust 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jamshid Imamov

Bu mavsum bir marta g'alabaga erishgan "Buxoro" hali mag'lub bo'lmagan AGMK bilan o'ynaydi.

Jamoalar hozirga qadar o'tkazilgan 22 uchrashuvda teng hisobda, yani 9 marotabadan g'alabaga erishishgan. Qolgan 4 bahsda durang qayd etilgan. To'plar nisbati AGMK foydasiga: 35-25.

O'tgan mavsum "Buxoro" ikkala o'yinda ham bu jamoaga yutqazmagan - 0:0 va 2:1.

"Buxoro" mezbonligi ostida o'tgan oxirgi 4ta o'yinda AGMK 4 bor mag'lub bo'lgan. So'nggi marta Olmaliq klubi bu jamoani safarda 2015 yilda mag'lub etgan.





METALLURG – MASH'AL
29 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Olim Abduvosilov, Oybek Kalaxo'jaev, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Shohruh Said

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 30 bor to'qnash kelishgan. Shundan 14tasida "Mashal", 9tasida "Metallurg" g'olib bo'lgan. 7 ta o'yinda durang qayd etildi. To'plar nisbati "Mashal" foydasiga: 49:43.

O'zaro oxirgi ikki uchrashuvda "Mashal" o'z darvozasidan gol o'tkazmagan va g'alabaga erishgan. So'nggi bor "Metallurg" 2016 yilgi mavsumda bu jamoani mag'lub etgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia