Coca Cola Superliga. 3-turda tomoshabin bo'yicha yana "Navbahor" tengsiz

Narzulla Saydullayev
21 mar 2021, 13:43
18-20 mart kunlari Superliganing 3-turidan o'rin olgan 7ta o'yin bo'lib o'tdi.

PFL ma'lumotiga ko'ra, bu o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 39491 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Bu har bir bahsga o'rtacha 5641 tomoshabin kelganini anglatadi.

Eng ko'p muxlis Namanganda o'tgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuviga keldi - 19358. Bu borada ikkinchi natija Navoiydagi "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuviga tegishli bo'ldi - 5632.

Muborakdagi "Mashal" - "Metallurg" bahsiga 558 tomoshabin kelgan. Bu ham uchinchi turdagi, ham 2021 yildagi eng past ko'rsatkich hisoblanadi.

Coca Cola Superliga. 3-turda tomoshabinlar tashrifi:
"Navbahor" - "Nasaf" - 19358 tomoshabin
"Mashal" - "Metallurg" - 558 tomoshabin
"Qizilqum" - "So'g'diyona" - 5632 tomoshabin
"Turon" - "Lokomotiv" - 5000 tomoshabin
"Surxon" - "Qo'qon-1912" - 3576 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Andijon" - 2355 tomoshabin
AGMK - "Paxtakor" - 3012 tomoshabin






O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia