Coca Cola O'zbekiston Kubogi. Bugun ikkinchi saralash bosqichiga qur'a tashlanadi. Unda istalgan juftlik hosil bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2020, 19:49
Bugun Coca Cola O'zbekiston kubogida birinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi va keyingi bosqichga chiqqan 4ta klub nomi ma'lum bo'ldi.

"Oq-tepa", "Neftchi", "Sho'rtan" va "Dinamo" klublari bugungi o'yinlarda raqiblarini mag'lub etishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Bugun soat 21:00 da Coca Cola O'zbekiston kubogi ikkinchi bosqichiga qur'a tashlanadi. Qur'a "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Takidlash lozimki, bugun ko'r qur'a bo'ladi va istalgan klub istalgan klubga raqib bo'lishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda g'alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi. Eslatib o'tamiz, Coca Cola O'zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo'lib o'tadi.


Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa", "Neftchi", "Sho'rtan" va "Dinamo" keyingi bosqichda!         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia