"City Football Group" yana bir klubni sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 13:28
"Manchester Siti" klubiga egalik qiladigan "City Football Group" kompaniyasi yana bir klubni sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Mirror" xabariga ko'ra, kompaniyaning navbatdagi "o'ljasi" Portugaliyaning "Portimonense" klubi bo'lib turibdi. Klub egasi Teodor Foneska o'tgan yilning oxirlarida 35 million evrolik taklifni rad qilgandi. O'shanda u xaridorlardan 133 mln evro talab qilgandi. Tomonlar qanchadir foizlik akciyalarning xaridi borasida kelishib olgan ko'rinadi.

"Portimonense" Portugaliyaning yuqori ligasida ishtirok etadi. Yaqindagina Fransiyaning "Trua" klubini sotib olgan "City Football"ga 10 klub tegishli bo'lib turibdi. Kompaniya shuningdek, Braziliya hamda Argentinadan ham klublar sotib olishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror