Chust jamoasining yangi bosh murabbiyi 1973 yili Samarqandda tug'ilgan. Og'ir jaroxatga duch kelgan Abdievning futbolchilik faoliyati uzoq dam etmagan. Shu bois murabbiylikka ertaroq kirib kelgan. Garchi Xayrulla Abdiev samarqandlik bo'lsada, asosan vodiy yoki poytaxt klubarida ishlab kelmoqda. Bu murabbiy oxirgi yillarda "Yangier"ni boshqarayotgandi. Chust-Paxtakordan o'zi uchun qulay taklif olgan Abdiev bugun yangi jamoasidagi ilk mashg'ulotini o'tkazadi.
Darvoqe, jamoa rahbariyatining ma'lum qilishicha, birinchi bosqichda "Chust-Paxtakor" sharafini himoya qilgan ayrmi o'yinchilar jamoani tark etishgan. Xususan Farhod Usmonov "NBU-Osiyo"da ko'rikdan o'tayotgan bo'lsa, qashqadaryolik Ravshan Abduvohidov "Sho'rtan" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek himoyachi Sarvar Otaboev ham katta extimol bilan ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazadi.
Ma'lum muddat "Navbahor" yig'inida qatnashgan Bobur Rasulov va Mirzohid Mahkamov jamoaga qaytib kelishgan.
Bugungi mashg'ulotdan so'ng, yangi bosh murabbiy qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerakligi haqida rahbariyatga aytadi.
Eslatib o'tamiz, "Chust-Paxtakor" ikkinchi bosqichning dastlabki ikki turini o'z maydonida "Sherdor" va "Alanga"ga qarshi o'tkazadi.
Islombek Rustambekov