CHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar

Alisher
20 avg 2020, 10:37
UEFA Chempionlar Ligasi yarim final o'yinlarining eng yaxshi futbolchisi borasida so'rovnoma o'tkazmoqda.

Bu nom uchun 4 futbolchi raqobatlashmoqda.

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "RB Leyptsig" (3:0)ga qarshi o'yinda gol urdi va ikkita assist qayd etdi.

PSJ forvardi Neymar esa o'sha o'yinda bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri "Lion" (3:0)ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

"Bavariya" forvardi Robert Levandovski esa o'sha o'yinda 1ta gol va 1ta assist qayd etishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com