Chex: Shvarcer juda tajribali va aqlli darvozabon

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 14:14
"Chelsi" posboni Petr Chex klubga yangi kelgan 40 yoshli darvozabon Mark Shvarcer borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mark - juda tajribali va aqlli darvozabon. U mashg'ulotlarda ko'p ishladi, bazi joylarda unga bilganlarimni o'rgatdim. Ko'p yillar davomida bir xil maromda o'ynayversan o'z uslubingni o'zgartirishing qiyin bo'ladi, ammo u yanada kuchli bo'lishga tayyor", - deydi Chex klub rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com