Cherchesov: "Biz sovrinlar uchun o'ynamadik"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2018, 23:53
Rossiya termasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov "Rossiya 24" telekanaliga to'g'ridan to'g'ri efirda intervyu berdi.

"Biz sovrinlar uchun emas, Rossiya xalqi, Rossiya sharafi uchun o'ynadik. Albatta, prezident qilgan kamtarona ishlarimizni yuqori baholaganidan mamnunman. Biz rossiyaliklar o'z vatani terma jamoasi bilan faxrlanishini istadik.

JCH-2018ni ko'rgani xorijdan kelganlar Rossiya termasining kuchini ko'rishdi. Ishonaman, ular bu erga yana qaytib kelishadi. Chunki ular vatanimizni sevib qolishdi", - dedi Cherchesov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Russia 24