Chempionlik uchun imkoniyatlar tugadi: "Chelsi" bir qancha yomon natijalar qayd etdi

Mirjalol Normatov
22 mar 2026, 01:50
Bugun "Chelsi" safarda APLning 31-turi doirasida "Everton"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

E'tiboringizga ushbu uchrashuvdan keyingi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz:

- "Chelsi" 1993 yildan beri ilk marta ketma-ket 4 o'yinda yutqazdi. Gollar - 2:12.

- "Chelsi" 2023 yil sentyabridan beri ilk marta ketma-ket uch o'yinda gol ura olmadi;

- "Chelsi" APL doirasidagi so'nggi 6 o'yinda faqatgina 1 marta g'alaba qozondi - "Aston Villa" 4:1. Navbatdagi o'yinlar Manchester jamoalariga qarshi;

- "Chelsi"ning chempionlik uchun nazariy jihatdan ham imkoniyatlari tugadi. 48 ochkoga ega jamoa peshqadam hamshahari "Arsenal"dan 22 ochko ortda qolmoqda;

- "Chelsi" so'nggi 5 o'yinda umumiy 14ta gol qo'yib yubordi

- "Chelsi" "Liverpul"dan o'tib, 4-o'ringa chiqib olish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. Lekin hali YCHL uchun kurash oldinda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka Football