Chempionlar ligasiga tayyorlanayotgan "Barselona" mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 19:56
Bugun Chempionlar ligasida 5-tur o'yinlari davom ettiriladi.

"D" guruhida peshqadamlik qilayotgan Ispaniyaning "Barselona" klubi Italiyada "Yuventus" mehmoni bo'ladi. Kecha kataloniyaliklar uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi.

YCHL
"D"
guruhi, 5-tur
"Alyanc stedium"
23.11.2017, 00:45
"Yuventus" - "Barselona"

"Barselona"ning asosiy yulduzi Lionel Messi mashg'ulotni boshlash uchun chiqib kelmoqda.

Yaqindagina klub bilan umrbod shartnoma imzolagan Andres Inesta.

Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich.

Jamoaning portugaliyalik himoyachisi Nelson Semedu.

Bosh murabbiy Ernesto Valverde.

Messining kayfiyati chog'.

Valverde shogirdlari bugun Turinda g'olib bo'la oladimi? Buni vaqt ko'rsatadi.



GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia