Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Alisher
20 sen 2019, 15:34
UEFA CHL guruh bosqichi 1-turning eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Bu nomga "Zalcburg"ning 19 yoshli hujumchisi Erlin Xoland loyiq deb topildi.

Norvegiyalik futbolchi "Genk"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va astriyaliklarning 6:2 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi.

Transfermarkt futbolchini 12 million evroga baholamoqda.

Xoland joriy mavsum Avstriya chempionatida 7ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com