Chempionlar ligasida guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi, bugun qur'a tashlanadi

Aziz Tukhtamuradov
31 avg 2023, 08:09
Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo'ldi.

Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Qur'a tashlash jarayoni bugun Monakoda, Toshkent vaqti bilan 21:00da o'tkaziladi. 

Guruh bosqichida 26 jamoa to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi, 6 jamoa esa saralashdagi g'alaba orqali yetib kelgan.

Qur'a oldidan savatchalar quyidagicha: 

1-savatcha: Napoli (Italiya), Barselona (Ispaniya), PSJ (Fransiya), Bavariya (Germaniya), Manchester Siti (Angliya), Feyenoord (Niderlandiya), Sevilya (Ispaniya), Benfika (Portugaliya);

2-savatcha: Real (Ispaniya), Portu (Portugaliya), Borussiya Dortmund (Germaniya), RB Leyptsig (Germaniya), Atletiko (Ispaniya), Inter (Italiya), Manchester Yunayted (Angliya), Arsenal (Angliya);

3-savatcha: Shaxtyor (Ukraina), Red Bull Zalcburg (Avstriya), Milan (Italiya), Braga (Portugaliya), Lacio (Italiya), Crvena Zvezda (Serbiya), Kopengagen (Daniya), PSV (Niderlandiya);

4-savatcha: Antverpen (Belgiya), Seltik (Shotlandiya), Galatasaroy (Turkiya), Yang Boyz (Shveytsariya), Lans (Fransiya), Real Sosedad (Ispaniya), Union Berlin (Germaniya), Nyukasl (Angliya).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia