

Qur'a qayerda bo'lib o'tadi?
Qur'a 24 avgust kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Marosimni Monakodagi Grimaldi Forum zali qabul qiladi va uni UEFA rasmiy saytida jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Qur'ada qaysi jamoalar ishtirok etadi?
Birinchi savatcha (turnirning amaldagi g'olibi va reytingi baland bo'lgan ligalar chempionlari)
"Real" (ESP, chempion) koefficient: 176,999
"Bavariya" (GER) 154,899
"Yuventus" (ITA) 140,666
"Benfika" (POR) 111,866
"Chelsi" (ENG) 106,192
"Shaxter" (UKR) 87,526
"Monako" (FRA) 62,333
"Spartak" (RUS) 18,606

Savatcha 2:
"Barselona" (ESP) 151,999
"Atletiko" (ESP) 142,999
"Pari Sen-Jermen" (FRA) 126,333
"Borussiya" Dortmund (GER) 124,899
"Sevilya" (ESP) 112,999
"Manchester Siti" (ENG) 100,192
"Portu" (POR) 98,866
"Manchester Yunayted" (ENG) 95,192

Savatcha 3:
"Napoli" (ITA) 88,666
"Tottenxem" (ENG) 77,192
"Bazel" (SUI) 74,415
"Olimpiakos" (GRE) 64,580
"Anderlext" (BEL) 58,840
"Liverpul" (ENG) 56,192
"Roma" (ITA) 53,666
"Beshiktosh" (TUR) 45,840

Savatcha 4:
"Seltik" (SCO) 42,785
SSKA Moskva (RUS) 39,606
"Sporting" (POR) 36,866
APOEL (CYP) 26,210
"Feyenoord" (NED) 23,212
"Maribor" (SVN) 21,125
"Karabax" (AZE) 18,050
"RB Leyptsig" (GER) 15,899

Qur'a qay tartibda o'tkaziladi?
Bir chempionatda ishtirok etadigan jamoalar turli guruhlarga bo'lib yuboriladi.
Monakodagi qur'a UEFA O'smirlar ligasi yo'lini ham aniqlab beradi. Yoshlar jamoalari kattalarda tushgan guruhdek saralanishadi.
Marosim davomida quyidagi sovrinlar topshiriladi:
- UEFAning eng yaxshi futbolchisi
- UEFAning eng yaxshi ayol futbolchisi
- Chempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi darvozaboni
- Chempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi himoyachisi
- Chempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi
- Chempionlar ligasi 2016/17 mavsumining eng yaxshi hujumchisi

Guruh bahslari qachon bo'lib o'tadi?
Guruh uchrashuvlari 6 ta turdan iborat bo'ladi:
12/13 sentyabr: Tur 1
26/27 sentyabr: Tur 2
17/18 oktyabr: Tur 3
31 oktyabr/1 noyabr: Tur 4
21/22 noyabr: Tur 5
5/6 dekabr: Tur 6
Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga 11 dekabr kuni Nonda qur'a tashlanadi.



