Chempionlar ligasi o'yinlari qachon davom etishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2020, 16:16
Chempionlar ligasining joriy mavsumi avgustda yakunlanadi.

Bu haqda Sky Italia nashri xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Chempionlar ligasining qolgan uchrashuvlari avgustda boshlanadi. Ular quyidagi sanalarga belgilangan.


7 avgust

"Manchester Siti" - "Real"

"Yuventus" - "Lion"


8 avgust

"Bavariya" - "Chelsi"

"Barselona" - "Napoli"


Turnirning qolgan uchrashuvlari bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Shunday qilib, har hafta seshanba va chorshanba kuni Chempionlar ligasi bahs bo'lib o'tadi. Final 29 avgustga belgilangan. Turnir g'olibini aniqlaydigan bahs Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Italia