Chempionlar ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2018, 17:29
Joriy hafta Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

UEFA rasmiy saytida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma ishga tushirilgan edi. Nomzodlar:

Maksvell Korne (“Lion”) - “Manchester Siti” qarshi o'yinda dublga erishdi;

Aren Robben (“Bavariya”) - “Benfika” darvozasiga 2 ta gol urdi;

Lionel Messi (“Barselona”) - “PSV Eydxoven” darvozasiga gol kiritdi;

Dris Mertens (“Napoli”) - “Crvena Zvezda”ga qarshi o'yinda dublga erishdi.


So'rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia