YCHL 1/8 finaliga qur'a tashlandi: "Liverpul" – "Real", PSJ – "Bavariya" va boshqa juftliklar bilan tanishing

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 16:20
Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining birinchi bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

1/8 final juftliklari:

"Leyptsig" – "Manchester Siti"

"Bryugge" – "Benfika"

"Liverpul" – "Real" 

"Milan" – "Tottenxem"

"Ayntraxt" Frankfurt – "Napoli"

"Borussiya" Dortmund – "Chelsi"

"Inter" – "Portu"

PSJ – "Bavariya" 

- Qur'a yakunlandi. Yuqorida juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.

- Demak, qur'a jarayonini boshlaymiz.

- Sahnaga final elchisi Xamit Oltinto'p taklif etildi.  

- UEFA vakili Jorjio Marketti qur'a haqida ma'lumot berib o'tdi.


Guruh g'oliblari (saralanganlar)

"Bavariya" (Germaniya)

"Benfika" (Portugaliya)

"Manchester Siti" (Angliya)

"Napoli" (Italiya)

"Portu" (Portugaliya)

"Real" (Ispaniya)

"Tottenxem" (Angliya)

"Chelsi" (Angliya)


Ikkinchi o'rin egalari (saralanmaganlar)

"Ayntraxt" Frankfurt (Germaniya)

"Borussiya" Dortmund (Germaniya)

"Bryugge" (Belgiya)

"Inter" (Italiya)

"Milan" (Italiya)

"Leyptsig" (Germaniya)

"Liverpul" (Angliya)

PSJ (Fransiya)

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. 

Qura tashlash marosimida 16 ta klub ishtirok etadi: asosiy bosqich guruhlari g'oliblari va kvartetlarda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar.

Chempionlar Ligasi 1/8 finalida bitta milliy assotsiatsiya vakillari uchrasha olmaydi. Qolaversa, guruh bosqichida to'qnash kelgan jamoalar ham bu bosqichda bir-biriga qarshi o'ynamaydi.

Jamoalar har bir uchrashuvni uyda va safarda o'tkazadi. Saralanmagan klubdar javob o'yinlarini o'z uylarida o'tkazishadi.

1/8 finalning dastlabki o'yinlari 14/15 va 21/22 fevral kunlari, javob o'yinlari esa 7/8 va 14/15 mart kunlari bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkent  vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, safarda gol deb atalmish qoida bekor qilingan. Shuning uchun javob o'yinining asosiy vaqti oxirida ikkita uchrashuv yig'indisi bo'yicha hisob teng bo'lsa, u holda 15 daqiqalik qo'shimcha ikkita taym belgilanadi. Agar qo'shimcha bo'limlarda jamoalar gol ura olmasa yoki bir xil miqdordagi gol ursa, u holda juftlikdagi g'olibni aniqlash uchun 11 metrlik penaltilar seriyasi amalga oshiriladi.

Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum hal qiluvchi o'yini 2023 yilning 10 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk nomidagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.

Saytimiz qur'a tashlash jarayonining matnli translyatsiyasini taqdim etadi, uni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia