
Oy o'yinchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha so'rovnomada ishtirok etayotgan jurnalist iyul oyining eng yaxshi futbolchi va murabbiyilardan 5 nafardan nomzodlarning ism-shariflarini O'zPFL matbuot xizmatiga (media@the-uff.com elektron pochta manziliga jo'natgan holda) taqdim etishlari kerak. Jurnalistlar o'z variantlarini 7 avgust soat 18:00gacha yuborishlari mumkin.
Futbolchilarning iyul oyidagi harakatlarini baholashda quyidagi musobaqalar hisobga olinadi: Oliy Liga; O'zbekiston Kubogi; Osiyo Chempionlar ligasidagi O'zbekiston klublari ishtirokidagi o'yinlar; Birinchi Liga; O'zPFL tasarrufidagi boshqa musobaqalar. Tanlovda ishtirok etgan OAV vakilining variantlaridan kelib chiqib, futbolchi va murabbiylarga quyidagicha ballar beriladi: 1-o'rin – 5 ball; 2-o'rin – 4 ball; 3-o'rin – 3 ball; 4-o'rin – 2 ball; 5-o'rin – 1 ball.
OAVdan kelib tushgan variantlar O'zPFL matbuot xizmati tomonidan hisob-kitob qilinadi va uning yakuniy natijalari O'zPFL rasmiy sayti (www.pfl.uz)da e'lon qilinadi. Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi (murabbiy) O'zbekiston chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi (murabbiyi) deb topiladi. Mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.
Qo'shimcha sifatida:- Farhod Tojiev va Mirjalol Qosimov – mart oyi laureatlari
- Akmal Xolmatov va Mirjalol Qosimov – aprel oyi laureatlari
- Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdiev – may oyi laureatlari
- Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdiev - iyun oyi laureatlari