

Ushbu o'yinda "qaldirg'ochlar" safida diskvalifikaciya tufayli Vadim Chemirtan ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari jarohatlari bois Jovlon Ibrohimov va Alisher Sanoev Toshkentda qolishgan. Bu haqda o'yinoldi matbuot anjumanida bosh murabbiy Sergey Lushan ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Zob Ohan" - "Bunyodkor" uchrashuvi 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.




