

"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, "ko'klar" rahbariyati bu safar yuqori darajadagi tajribaga ega mutaxassisni olib kelish orqali o'z strategiyasini o'zgartirmoqchi.
Nomzodlar ro'yxatidan quyidagi murabbiylar o'rin olgan:
Xabi Alonso - "Real Madrid" sobiq ustozi hozirda erkin agent bo'lib turibdi. Uning nomzodi londonliklar uchun ustuvor vazifalardan biri;
Andoni Iraola - Joriy mavsum yakunida "Bornmut"ni tark etishi kutilayotgan mutaxassis. Uning ingliz futbolidagi tajribasi "Chelsi"ga qo'l kelishi mumkin;
Marku Silva - "Fulxem"dagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan e'tiborni tortgan murabbiy.
Hozirda muzokaralar dastlabki bosqichda. Klub rahbariyati ushbu mutaxassislarning agentlari bilan aloqaga chiqib, ularning kelgusi rejalari va Londonga ko'chib o'tish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Qizig'i shundaki, Xabi Alonso va Andoni Iraolaning manfaatlarini bitta vakil himoya qiladi.



