Chelsining qimmatbaho futbolchisi 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Khoja
17 dek 2024, 08:37
Chelsi va Ukraina terma jamoasi futbolchisi Mixaylo Mudrikning oktyabrda topshirgan doping testi ijobiy chiqqan.

Tez orada futbolchining doping testining B probasi ham tekshiriladi. Agar bu ham ijobiy chiqsa, Mixaylo Mudrik to'rt yilga futboldan chetlatiladi.

Eslatib o'tamiz, Chelsi ukrainalik futbolchining 2023 yilning qishida 70 million evroga sotib olgandi. Uning London jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com