Chelsi Yuventusdan Aleks Sandroni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017, 09:48
Yuventus chap qanot himoyachisi Aleks Sandro Chelsi qiziqishiga sabab bo'ldi.

Londonliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchini mavsum tugagach sotib olishmoqchi. Yakshanba kuni Chelsi ustozi Antonio Konte Sandroni Interga qarshi o'yinda (1:0) kuzatdi. Himoyachi Yuventusga 2015 yil Portudan 26 million evroga o'tgan va 2020 yilga qadar shartnoma tuzgandi. Ayni paytda uning transfer narxi 45 millionga teng.

Bu mavsum Sandro Italiya A seriyasida 1ta gol urdi va 5ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tuttosport.com