"Chelsi" yosh himoyachisini "Vitess"ga berdi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017
"Chelsi"ning yoshi himoyachisi Fankati Dabo faoliyatini Gollandiya chempionatida davom ettiradi.

Ko'klar 21 yoshli futbolchini "Vitess"ga ijaraga berishdi. Kelishuv 1 yilga mo'ljallangan.

Futbolchi so'nggi mavsumning ikkinchi davrasini "Suindon Taun" jamoasida ijarada o'tkazdi. Dabo Angliyaning uchinchi darajali ligasida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. Dabo universal futbolchi hisoblanib, u himoyaning har qanday nuqtasida o'ynay oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com