"Chelsi" xavbeki "Arsenal"ga o'tishga yaqin

Alisher
28 iyul 2020
"Chelsi" vingeri Villian transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

31 yoshli braziliyalik futbolchining yangi ish joyi Londonning "Arsenal" klubi bo'lishi kutilmoqda.

Villianning "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi va rahbariyat uning yangi shartnoma borasidagi talablarini bajara olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Villian 2013 yildan beri "Chelsi"da to'p tepadi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian