"Chelsi" va "Yuventus" himoyachi almashishlari mumkin

Alisher
29 apr 2020, 16:15
"Chelsi" ikki qanot himoyachilari Markos Alonso va Emersonlar bilan xayrlashmoqchi.

Futbolchi bosh murabbiy Frenk Lempardlarning talablariga javob bermayapti.

Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro ulardan biri bilan almashishi mumkin. Shuningdek, "Chelsi"ning ushbu o'yinchilari "Inter" o'yinchilaridan biri bilan almashishlari ham mumkin.

Oldinroq, "Yuventus" Emersonga qiziqqan edi. Turinliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarri uni juda yuqori baholaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com