

"Sky Sports" xabariga ko'ra, ayni damda bu lavozimga Angliya termasining sobiq futbolchilari - Jon Terri hamda Ueyn Runi da'vogarlik qilmoqda. Runi 2020 yil boshidan buyon "Derbi" tarkibida harakat qilmoqda. Filipp Kokuning iste'fosidan keyin u vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turibdi.
O'z navbatida klub BAA Qirolligi oilasi Holid bin Zayid al-Nahiyanga sotilishiga yaqin turibdi. Uning vakillari ham bosh murabbiy izlash bilan band.



