“Chelsi” va “Man Siti” transfer masalasida o'zaro kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2022, 09:40
“Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling faoliyatini APLni boshqa klubida davom ettiradi.

27 yoshli futbolchi “Chelsi”ga o'tishi kutilmoqda. Londonliklar “Siti”ni xo'jayinlarini qanoatlantiradigan taklif yuborishdi: 52 mln evro+10 mln evro bonus. Mazkur xaridni “Chelsi” ustozi Tomas Tuxel ham istamoqda.

Sterlingning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yozida o'z yakuniga etadi. U yakunlangan mavsum jamoa libosida 47 o'yinda ishtirok etdi va 17 ta gol urib, 9 golga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru