"Chelsi" va "Barselona" bir futbolchi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2018, 14:27
"Chelsi" va "Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich uchun kurashadi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Barselona"dagilar uni Andres Inestaning vorisi sifatida ko'rmoqda. "Chelsi" esa bosniyalik bilan kuchayishni istamoqda.

Oldinroq uning transfer narxi 80 mln evro bo'lishi mumkinligi aytilgandi. O'tgan mavsumda u 44 uchrashuvda qatnashdi va 14 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport