"Chelsi" va "Arsenal" Ikardiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
5 dek 2021, 19:42
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli argentinalikka "Chelsi" va "Arsenal" tomonidan qiziqish bor. Shuningdek, futbolchiga Italiya jamoalaridan takliflar kelib tushmoqda.

Ikardi ushbu mavsumda PSJ uchun 15 o'yinda 3 ta gol urdi. Transfermarkt'da uning narxi 35 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes