"Chelsi" ushbu mavsumda himoyachilar uchun 233 mln evro ishlatdi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2023, 21:30
"Chelsi" 2022/23 yilgi mavsumda himoyachilarni sotib olish uchun 233 mln evro ishlatdi.

Bugun klub Benua Badiashilening transferini rasman e'lon qildi. Futbolchining transfer summasi 38 mln evroni tashkil qildi, deb xabar berdi "Football Daily".

O'tgan yozda klub o'z tarkibiga himoyachilar - "Napoli"dan Kalidu Kulibali (38 mln evro), "Lester"dan Uesli Fofana (85 mln evro), "Brayton"dan Mark Kukurelyani (71 mln evro) ham qo'shib olgandi.

Shu orqali ushbu mavsumda "Chelsi" himoyachilar transferiuchun 233 mln evro ishlatdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Daily