"Chelsi" Temmi Abraxamni ortga qaytarmoqchi

Alisher
31 mar 2022, 16:53
"Chelsi" "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Londonliklar jamoadan Timo Verner va Romelu Lukaku ketishi mumkinligi bois, hujumchi izlashmoqda.

Qayd etish kerakki, "Roma" hujumchisiga shuningdek MYU va "Tottenxem" ham qiziqmoqda. "Roma" o'z navbatida Abraxam bilan xayrlashishga shoshilmayapti.

"Chelsi" tarbiyalanuvchisi 2021/22 yilgi mavsum "Roma" tarkibida A Seriya doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tutto Mercato Web