

O'yinda "Manchester Siti" 6:0 hisobida g'alaba qozondi. Natijada, londonliklar 1991 yildan beri o'zining eng yirik muvaffaqiyatsizligiga uchradi. O'sha paytda yani 1991 yil aprel oyida "Nottingem Forest" jamoasi "Chelsi"ga javobsiz 7ta gol urgan edi. Mavsumni "aristokratlar" o'n birinchi, raqib jamoa sakkizinchi o'rinda yakunlagan. APL chempionligi o'shanda "Arsenal"ga nasib etganini qayd etish kerak.



