"Chelsi" Sarriga vaziyatni o'nglash uchun bir oy berdi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2019, 10:15
"Chelsi" rahbariyati yaqin vaqt ichida jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarrini iste'foga chiqarmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassisga vaziyatni o'nglash, natijalarni yaxshilash uchun 1 oy muddat berildi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" APLning 26-tur o'yinida "Manchester Siti"ga 0:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi. "Aristokratlar" so'nggi uchta uchrashuvda 12ta gol o'tkazib yubordi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal